Oʻzbekistonda eng koʻp toksik chiqindilar qaysi hududlarda hosil boʻlmoqda?

    Respublika boʻyicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil boʻlgan jami chiqindilar miqdori 125,6 million tonnani tashkil etgan.

    Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2020-yil yakunlariga koʻra respublika boʻyicha toksik va notoksik chiqindilar hosil qiladigan tashkilotlarda hosil boʻlgan jami chiqindilar miqdori 125,6 million tonnani tashkil etgan.

    Hududlar kesimida tahlil qilinganda eng yuqori ulush Navoiy viloyatida ekani maʼlum boʻlgan – 48,2 foiz. Keyingi oʻrinlardan Toshkent viloyati (34,6 foiz) va Jizzax viloyati (9,1 foiz) joy oldi.

    Toksik va notoksik chiqindilar boʻyicha eng kam ulush Sirdaryo viloyatida qayd etildi – 0,01 foiz. Keyingi oʻrinlardan Qoraqalpogʻiston Respublikasi (0,02 foiz) hamda Fargʻona viloyati (0,03 foiz) joy oldi.