O'zbekistonda go‘sht yetishtirish tufayli havoga qancha СO2 chiqariladi?

    Yashil sayyora 21 May 2022 946

    Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari go‘sht yetishtirish tufayli havoga qancha СO2 chiqarilishini baholadi.

    2020 yilda O‘zbekiston Respublikasida go‘sht yetishtirish tufayli havoga СO2 ekvivalentida 123,9 million tonna chiqindi chiqarilgan. 2000 yil bilan taqqoslaganda chiqarilayotgan issiqxona gazlari (IG) hajmi salkam 3 barobar oshgan. 2020 yilda chiqarilgan issiqxona gazlari tarkibida eng katta ulush mol go‘shtining hissasiga to‘g‘ri kelgan – 92,8%.

    Tadqiqot davomida Jozef Pur va Tomas Nemechekning 2018 yilda Science jurnalida chop etilgan, global oziq-ovqat tizimining eng yirik meta-tahlili ma’lumotlaridan foydalanildi. Bu tadqiqotda dunyoning 119 ta mamlakatidagi 38 mingdan ortiq tijorat fermasiga oid ma’lumotlar ko‘rib chiqilgandi.

    O‘simliklar asosida tayyorlanuvchi ozuqaning uglerod izi go‘sht va sut mahsulotlarinikiga qaraganda ancha kam ekanligi ma’lum bo‘ldi. O‘simliklar asosida tayyorlangan mahsulotlar hosil qiluvchi chiqindilar jonivorlar asosida tayyorlanuvchi mahsulotlar chiqindisidan o‘rta hisobda 10-50 marotaba kam ekan.

    Bu haqida PMTI katta ilmiy xodimi A.Kim materialida batafsil ma’lumot berilgan.