Qayd etilishicha, ertaga 10-dekabr kuni respublika hududining katta qismida yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida va Fargʻona vodiysi viloyatlarida kechasi va ertalab baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi.
11-dekabrda respublika shimolida va choʻl hududlarida baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi, qolgan hududlarda yogʻingarchilik kutilmaydi.
12-dekabrda Buxoro, Navoiy viloyatlarida va kechga tomon Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻadi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi shimolida yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) boʻladi. Respublikaning qolgan hududlarida yogʻingarchilik kutilmaydi.
Respublika boʻyicha baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda va choʻl hududlarda baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha, ayrim joylarda baʼzida 20-22 m/s gacha kuchayadi.
9-10-dekabrda havo harorati kunduz kunlari 2-7 daraja iliq atrofida boʻladi, 11-12-dekabrda harorat asta-sekin 13-15 daraja iliqqacha, baʼzi joylarda 16-19 daraja iliqqacha koʻtariladi.
10-11-dekabrda harorat kechalari 0-5 daraja sovuq, shimolda 5-10 daraja sovuq, 12-dekabrda 2-7 daraja iliq boʻladi.
Togʻ oldi va togʻli hududlarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir, qor), 9-10-dekabrda baʼzi joylarda kuchli boʻladi. 9-dekabrda qor koʻchishi xavfi bor.
Toshkentda: 9-dekabrda kechasi va ertalab, 10-dekabrda vaqti-vaqti bilan yomgʻir yogʻadi. Harorat kechalari 0-2 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduz kunlari 4-7 daraja iliq boʻladi.
11-dekabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 12-dekabrga kechga tomon yomgʻir yogʻadi. Kechasi va ertalab baʼzi joylarga tuman tushadi. Harorat 11-dekabrda kechasi 0-2 daraja sovuq, kunduzi 8-10 daraja iliq, 12-dekabrda kechasi 4-6 daraja iliq, kunduzi 12-14 daraja iliq boʻladi.
Shamol sharqdan 3-8m/s tezlikda esadi.