Oʻzbekistonda Hyundai Rotem tezyurar poyezdi dizayni boʻyicha tanlov eʼlon qilindi

    Gʻolib 100 mln soʻm mukofotga ega boʻladi. Poyezdda gʻolibning bosh harflari ham tasvirlanadi

    “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ barcha isteʼdodli dizaynerlarni Hyundai Rotem poyezdining oʻziga xos va jozibali tashqi koʻrinishini yaratishga taklif qildi.

    Tanlov gʻolibi 100 million soʻm miqdoridagi mukofotga ega boʻladi va poyezdda oʻz dizaynidan tashqari gʻolibning bosh harflari ham tasvirlanadi.

    Tanlov shartlari:

    – Ikkitadan ortiq boʻlmagan dizayn variantini taqdim eting.
    – Ishlaringizni dizayn-nsr@uzrailway.uz elektron manziliga 2024-05-12 gacha yuboring.
    – Mavzu satrida koʻrsating: “Hyundai Rotem poezd dizayni tanlovi.”
    – Aloqa maʼlumotlarini koʻrsating (F.I.Sh., telefon raqamingiz).

    Barcha savollar uchun telefon orqali murojaat qiling: +998 71 299 92 66.