«Yangi tariflarga koʻra, Oʻzbekistonda ichimlik suvi va oqova suv xizmatlarining yangi narxlari oʻrtacha 1,9 foizga oshgan, deyiladi xabarda. Oʻz navbatida, ayrim hududlarda tariflar 1,5−3 baravarga oshgan. Suv hisoblagichlar bilan taʼminlanmagan isteʼmolchilarga hisob-kitoblar suv isteʼmoli meʼyorlaridan kelib chiqib hisoblanadi.
Tasdiqlangan ichimlik suv

Tasdiqlangan oqova suv

Tariflar quyidagicha hisoblanadi (Toshkent shahar misolida):
400 (ichimlik suvi) + 100 (ustama) + 350 (kanalizatsiya) + 100 (ustama) + 350 (issiq suv uchun kanalizatsiya*) + 100 (ustama) = jami 1400 soʻm.
Boshqa hududlarda ham hisob-kitob xuddi shunday amalga oshiriladi, faqat ustama haqi viloyatlarda har bir metr kub ichimlik suviga 50 soʻm va oqova suvga 50 soʻm/m3 qilib belgilangan.
* Izoh: ushbu narx faqat markazlashgan isitish tizimiga ulangan abonentlar uchun qoʻllaniladi.









