Oʻzbekistonda ilgari fanga nomaʼlum boʻlgan dinozavr qoldiqlari aniqlandi

    Oʻzbekistonda balandligi ikki qavatli avtobusday keladigan, ilgari fanga nomaʼlum boʻlgan dinozavrning qoldiqlari aniqlandi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

    Dinozavrga “Dzharatitanis kingi” nomini berishdi. Uning uzunligi 20 metrga yetadi.

    Jaratitanisning yashash joyi Osiyo qitʼasining eng gʻarbiy nuqtasidagi qirgʻoq tekisliklari boʻlganligi qayd etilmoqda. Ushbu turdagi dinozavrlar 100 million yil oldin, sayyoramizning qitʼalari yaxlit joylashgan davrda yashagan.

    Dinozavr suyaklari Qizilqum choʻlida, “dinozavrlar qabristoni” deb nomlanadigan joydan topilgan.

    «Jaratitanis 145,5 million yil davom etgan boʻr davrida yashagan. U sayyorada yashagan eng yirik rebbaxizavridlarning oilasiga mansub boʻlgan», deyiladi maʼlumotda.

    Rebbaxizavridlarning qoldiqlari shu kungacha Janubiy Amerika, Afrika, Shimoliy Amerika va Yevropada topilgan. Biroq Osiyoda ular birinchi bor aniqlanmoqda.

    Ularning Markaziy Osiyo hududiga qanday kelib qolgani haqida hozircha maʼlumot yoʻq.