AOKAda Oliy Majlis Senatining Yoshlar ishlari, madaniyat va sport masalalari qo'mitasi, YUNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Xalq ta'lim vazirligi qoshidagi Respublika o'quvchilarni kasbga yo'naltirish va psixologik-pedagogik diagnostika markazi, Sog'liqni saqlash vazirligi hamkorligida  matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

Unda qayd etilishicha, O'zekistonda o'smirlarning ruhiy salomatligi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalariga ko'ra, o'quvchilarning 15,4 foizi  o'rtacha va o'ta og'ir xavotir holatida ekani hamda 9,8 foizi depressiyaga duch kelgani aniqlangan. YUnisef hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etgan ushbu tadqiqotda respublikadagi barcha 14 ta hududdagi 299 ta maktabning 22854 nafar o'quvchisi ishtirok etdi. Tadqiqot orqali o'spirinlarning ehtiyojlarini, ularning ruhiy salomatligi va ruhiy-ijtimoiy farovonligiga ta'sir qiluvchi maktab bilan bog'liq omillarni o'rganish maqsad qilingan.

Tadqiqot o'smirlarning ruhiy salomatligiga ta'sir qiluvchi asosiy himoya va xavf omillarini o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi. Natijalarga ko'ra, o'quvchilar hamda ota-onalar eng ko'p duch keladigan to'siqlar sifatida stigma va xijolat bo'lish masalasida, maktab psixologi va ruhiy salomatlik borasida boshqa jamoat resurslari haqida ma'lumotga ega emas.

Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, 10 foizdan oshiq o'quvchilar ijtimoiy bog'liqlikni his etmaydi va ajratishni boshdan kechiradi «Maktablar akademik ta'lim tuzilmalari bo'libgina qolmay, talaygina o'spirinlar ko'p vaqtini o'tkazadigan joydir. SHuning uchun maktablar himoyani ta'minlashi mumkin, biroq o'spirinlarning ruhiy salomatligiga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan xavf omillari ham mavjud», — dedi Xalq ta'limi vazirligi O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixologik-pedagogik respublika tashxis markazining direktori Liliya Gaynutdinova.

Tadqiqot bo'yicha hisobotda maktablarda ruhiy salomatlik bo'yicha o'tkaziladigan tadbirlar, boshqa sektorlar bilan hamkorlik qilish bo'yicha tavsiyalar ham aks etgan.