Toshkent pediatriya tibbiyot instituti klinikasi bolalar kardiojarrohi Bobur Turayev 6 yoshli bolaning zararlangan uch tabaqali klapanini olib tashlab, oʻrniga yurakning oʻng boʻlmachasi quloqchasidan klapan yasash amaliyoti amalga oshirdi.

Ushbu murakkab jarrohlik amaliyoti yurtimizda birinchi bor amalga oshirildi. Hozirgi kunda bunday jarrohlik amaliyoti faqatgina eng rivojlangan tibbiyot markazlaridagina oʻtkaziladi.

Eslatib oʻtamiz, Bobur Turayev 2018—2019-yillarda “El-yurt umidi” jamgʻarmasi stipendiati sifatida Buyuk Britaniyaning University College London universitetida magistratura bosqichida taʼlim olgan, 10 ga yaqin rivojlangan davlatlar shifoxonalarida malaka oshirgan, 20 taga yaqin ilmiy maqolalar (PubMed, Scopus, Google scholar) muallifi, 1000 dan ortiq bemor bolalarda yurak operatsiyalarini muvaffaqiyatli amalga oshirgan.