Unda “Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi mutaxassislar ishtirokida dastlabki tarzda muhokama qilindi.

Qonun loyihasi davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasida kadrlar siyosati va davlat fuqarolik xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi, “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlarida belgilangan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan.

Taʼkidlanganidek, qonun loyihasining maqsadi — davlat organlari faoliyatida davlat fuqarolik xizmatining davlat siyosatini amalga oshirish bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Loyihada davlat fuqarolik xizmatiga kirish, uni oʻtash va tugatishning yagona qoidalarini joriy etish koʻzda tutilgan.

Shuningdek, loyihada birinchi marta davlat fuqarolik xizmatchilarining maqomi instituti joriy etilmoqda.