Bu haqda Innovatsion rivojlanish agentligi maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, Agentlik tomonidan ishlab chiqilayotgan mazkur loyiha mamlakatdagi barcha ilmiy-tadqiqot infratuzilmalari haqidagi maʼlumotlarni yagona markazlashgan axborot resursi sifatida jamlash imkonini beradi. Bu esa ilmiy infratuzilmalarni samarali boshqarishga xizmat qiladi.
Shuningdek, ilmiy va innovatsion faoliyat bilan shugʻullanuvchi tashkilotlarda laboratoriyalardan foydalanish samaradorligi sunʼiy intellekt texnologiyalari orqali tahlil qilinadi, prognozlanadi va optimallashtiriladi. Natijada vaqt hamda resurslar tejalishiga erishiladi.
Mutaxassislar fikriga koʻra, platforma ilmiy izlanishlar sifatini oshirish, takroriy xarajatlarni kamaytirish hamda mamlakatning turli hududlarida joylashgan laboratoriyalar imkoniyatlaridan toʻliq va maqsadli foydalanishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, sohada ochiqlik, shaffoflik va hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlanadi.
“Sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ilm-fanning raqamli kelajagini shakllantirish yoʻlidagi muhim qadam sifatida baholanayotgan platforma joriy yil dekabr oyida ishga tushirilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.