Qayd etilishicha, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida birinchi 1 000 oʻrinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasalari roʻyxati tasdiqlandi.
Ushbu roʻyxat 2025-yil uchun eʼlon qilingan boʻlib, har yili yangilanib turadi.
Maʼlumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari Oʻzbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).