Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan 50 ta yangi avtobus Oʻsh shahriga yetib bordi

    Xalqaro hamkorlik 18 Oktabr 2022 1551

    Ular Oʻzbekiston-Qirgʻiziston taraqqiyot jamgʻarmasi koʻmagida xarid qilingan.

    Mazkur 50 avtobus Samarqanddagi “SamAvto” avtozavodidan sotib olingan.

    “Bu avtobuslar kam yonilgʻi sarfi, oddiy texnik koʻrsatkichlari va hamyonbop narxi (37 ming dollar) tufayli shahar sharoitiga juda mos keladi. Ular eng muhtoj mahallalarda 4 ta yangi liniyada harakatlanadi”, — dedi Oʻsh shahri meri Almaz Mambetov.

    Har bir avtobus 38 yoʻlovchiga moʻljallangan.