Nizomga muvofiq, quyidagilar Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
- xorijiy (xalqaro) moliya institutlari va boshqa xorijiy donorlarning texnik ko‘mak mablag‘lari va grantlari;
- homiylik xayriyalari;
- Prezident yoki Hukumat qarorlariga muvofiq ajratiladigan davlat byudjeti mablag‘lari;
- taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Mablag‘lar quyidagilar uchun sarflanadi:
- ilmiy adabiyotlarni yaratish, chop etish, noyob asarlar sotib olish orqali Markaz kitob fondini kengaytirish;
- ilmiy tadqiqotlarga ko‘maklashish, tadqiqot uchun grant ajratish;
-️ ijtimoiy, ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy tadbirlar tashkil qilish;
-️ kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash, konferensiya, seminarlar o‘tkazish;
-️ multimedia va tarmoq qurilmalari hamda dasturiy ta’minotlarni xarid qilish.