O'zbekiston Respublikasida ham gripp va o'tkir respirator infektsiyalar 2022-2023 yillar kuz-qish mavsumida koronavirus infektsiyasi bilan miks-infektsiya kasalligi sifatida aynan emlanmagan aholi hamda surunkali kasalliklari mavjud bo'lgan fuqarolar o'rtasida qayd etilishi kuzatilmoqda. emlash tadbirlari uchun jami 73,0 mln doza vaktsina (45,4 mln doza olib kelingan, 27,6 mln doza ishlab chiqarilgan) olib kelindi va ishlab chiqarildi.
2022 yil 22 noyabrga qadar jami 72,3 mln doza vaktsina ishlatildi. Birinchi doza bilan emlanish ko'rsatkichi emlanishi rejalashtirilgan qatlamga nisbatan 99,3 foizni, to'liq bosqichlarda emlanish ko'rsatkichi esa 82,3 foizni tashkil qilmoqda. Shuningdek, buster doza bilan emlanganlar – 16,9 mln nafarni (rejaga nisbatan – 78,9 foiz) tashkil etmoqda.
Sanitariya-epidemiologiya xizmati tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda profilaktik va epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni amalga oshirish davom ettirilmoqda va epidemik vaziyat to'liq nazorat ostiga olingan.