Qaror loyihasiga koʻra:

keng aholi qatlami, tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar, mahalliy va halqaro ekspertlar oʻrtasida soʻrovnomalar oʻtkaziladi;

soʻrovnomalar natijalarini tahlil qilish asosida davlat organlari va hududlarda korrupsiyaning tarqalganlik darajasini aniqlanadi.

Baholash natijalari asosida:

korrupsiyaning tarqalganlik darajasi reytingi, shu jumladan korrupsiya xavfi yuqori boʻlgan davlat organlari va hududlar roʻyxati shakllantiriladi;

baholash natijalari har yili 1-dekabrga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashiga kiritiladi;

baholash natijalari ommaviy axborot vositalarida, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.