Oʻzbekistonda Leapmotor avtomobili sinovi qayta oʻtkaziladi

    Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Leapmotor kompaniyasiga nisbatan qoʻyilgan cheklov yuzasidan muzokaralar davom etmoqda.

    Yaqin kunlarda “Leapmotor” kompaniyasi mutaxassislari Oʻzbekistonga tashrif buyurishlari rejalashtirilgan boʻlib, ularning ishtirokida mahsulot(lar) sinovi qayta oʻtkaziladi, deya xabar qildi Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi matbuot xizmati.

    “Sinov jarayonlari «Leapmotor” mutaxassislarining ishtirokida oʻtkazilishi belgilangan.», — deyiladi inspeksiya xabarida.