Muzokaralar Oʻzbekistonning Malayziyadagi elchixonasi koʻmagida tashkil etildi. Onlayn-tadbirlarda “Binary” universiteti asoschisi va raisi Jozef Adaykalam ishtirok etdi. Uning taʼkidlashicha, Oʻzbekiston bugungi kunda Markaziy Osiyoning “taʼlim xabi”ga aylanmoqda va “Binary” universiteti uchun ustuvor sherik hisoblanadi. Toshkent moliya instituti bilan taʼsis qilingan “Binary Graduate School” qoʻshma fakulteti va Urganch shahridagi “Binary” xalqaro universiteti kabi oʻquv loyihalarining faoliyati yuqori baholandi.
Shuningdek, muzokaralarda qatnashgan oliy taʼlim maskanlarining har biri bilan birgalikda “Binary Global Teaching Center” dasturlarini yaratish boʻyicha hamkorlikni rivojlantirishga tayyorlik taʼkidlandi.
Malayziya vakillari qoʻshma tadqiqotlar, konferensiyalar va seminarlar, talabalar va oʻqituvchilar almashinuvi sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirdi.
Muzokaralar yakunida Oʻzbekiston oliy bilim yurtlari va “Binary” universiteti vakillari tegishli hamkorlik loyihalarini ishlab chiqish boʻyicha kelishuvga erishildi.