Unitar korxona faoliyati davomida umumiy uzunligi 140 km dan ziyod 1424 ta koʻprik, yoʻl oʻtkazgich va tonnel qurib bitkazilgan. Umumiy uzunligi 13 km li 270 ta sunʼiy inshoot barpo etilgan.

Xatlov natijalariga koʻra respublika hududidagi mavjud koʻprik va yoʻl oʻtkazgichlarning umumiy soni 14 446 donani tashkil etadi.

Ushbu koʻpriklarning texnik holati vizual oʻrganilganda 5 476 tasi taʼmirtalab ekanligi aniqlandi.

Taʼkidlash lozimki, aksariyat taʼmirtalab koʻpriklar ancha oldin qurilgan boʻlib, ushbu koʻpriklarning bugungi kunda yuk transport vositalarini koʻtarish qobiliyatiga mos kelmaydi.

Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi tomonidan 2020-yilda

100 dan ortiq koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarni taʼmirlash ishlari bajarilib foydalanishga topshirildi.

2021-yilda ushbu koʻrsatkichlarni bir baravarga koʻtarish rejalashtirilgan boʻlib, 200 dan ortiq yoʻl koʻpriklar va yoʻl oʻtkazgichlarni taʼmirlash ishlarini amalga oshirilishi koʻzda tutilmoqda.

Mazkur taʼmirtalab va yaroqsiz koʻpriklarni taʼmirlash ishlari uchun dastlabki hisob-kitoblarga koʻra jami 16,0 trln.soʻm miqdorda mablagʻ talab etiladi.