Bu haqda Fiskal tahlil xabar berdi.
Qayd etilishicha, shu yilning 1-sentyabr holatiga maxsus roʻyxatdan oʻtgan QQS toʻlovchilar soni 197 819 tani tashkil etdi. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 4,9 % koʻp.
Eng koʻp QQS toʻlovchilar quyidagi sohalarda:
— savdo – 63,4 ming;
— qishloq xoʻjaligi – 47,5 ming;
— sanoat – 27,3 ming.
QQS toʻlovchilarining yuqori oʻsish surʼatlari quyidagi sohalarda kuzatilmoqda:
— transport – 13,5%;
— xizmat koʻrsatish – 10,2%;
— axborot va aloqa – 8,1%.