Loyiha 2026-yilning oxirigacha mo‘ljallangan bo‘lib, aholining axborot olish odatlarini tizimli o‘rganish, axborot manbalariga ishonch darajasini aniqlash hamda milliy mediakontent sifatini baholashga yo‘naltirilgan.
Tadqiqot ikki bosqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish Markazi respublikaning barcha hududlarida, jumladan, chekka hududlarda ham keng ko‘lamli yuzma-yuz so‘rovlar o‘tkazadi. Uning yakunida batafsil hisobot e’lon qilinadi.
Ikkinchi bosqichda tashkilotchilar olingan natijalarga tayanib, hududlardagi jurnalistlar va matbuot xizmatlari uchun bir qator o‘quv seminarlari tashkil etadi.
Loyihani amalga oshirish davomida to‘plangan ma’lumotlar OAVga biznes jarayonlarini takomillashtirish, reklama beruvchilarga samarali kanallarni topish, boshqa ishtirokchilarga esa mamlakatdagi mediaiste’mol borasidagi asl vaziyatni tushunishga yordam beradi.