O'zbekistonda mehnatga haq to'lashning eng kam miqdorini bilasizmi?

    Moliya 9 Oktabr 2022 3140

    Bazaviy hisoblash miqdori, yoshga doir eng kam pensiyalar qancha?

    Hozirgi kunda O'zbekiston hududida:

    🔹 mehnatga haq to'lashning eng kam miqdori – 920 000 so'm;

    🔹 bazaviy hisoblash miqdori – 300 000 so'm;

    🔹 pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – 324 000 so'm;

    🔹 yoshga doir eng kam pensiyalar – 633 000 so'm;

    🔹 bolalikdan nogironligi bo'lgan shaxslarga beriladigan nafaqa – 698 000 so'm;

    🔹 zarur ish stajiga ega bo'lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – 500 000 so'm;

    🔹 ish staji to'liq bo'lmagan chog'dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo'shimcha to'lovni hisobga olgan holda – 500 000 so'm;

    🔹 belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 698 000 so'mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo'yicha pensiyalari miqdori – 698 000 so'mdan iborat.