Oʻzbekistonda mobil interneti Markaziy Osiyoda eng hamyonbop ekanligi eʼtirof etildi

    Ekspertlar 10 Gb trafikli mobil internetning oʻrtacha narxini inobatga olib, 179 ta mamlakatdagi vaziyatni oʻrganib chiqdi.

    Kamida 10Gb mobil internetga ega tariflarni oʻrtacha oylikka nisbati boʻyicha Oʻzbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida eng yaxshi oʻrinda ekani eʼtirof etildi.

    Broadband Genie tomonidan tuzilgan Mobil maʼlumotlar hamyonbopligi indeksida (Mobile Data Affordability Index 2024) 179 ta davlatlarda oʻrtacha oylik va kamida 10Gb internet ishlatish ushbu oylikni qancha qismiga toʻgʻri kelishi tahlil qilingan.

    Oʻzbekiston bu koʻrsatkich boʻyicha Markaziy osiyo davlatlari orasida eng yaxshi va dunyoda 43-oʻrinda deb topilgan.

    Yuqoridagi jadvalni 10Gb internetni ishlatish narxi (Mobile data cost) boʻyicha tahlil qilinsa bu koʻrsatkichda Oʻzbekiston dunyoda 5-oʻrinda eng arzon mobil internetga ega ekanligi koʻrsatilgan.