O'zbekistonda Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Tarmoq universiteti ta'sis etilishi mumkin

    “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident qarori loyihasi muhokama uchun regulation.gov.uz portaliga joylashtirildi.

    Unga ko'ra, 2020 yil 29 may kuni Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Hukumat rahbarlari kengashi yig'ilishida imzolangan Mustaqil Davlatlar Xamdo'stligi Tarmoq universitetining ta'sis etilishi va faoliyati to'g'risidagi bitimni tasdiqlash ko'zda tutilgan.

    O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas'ul vakolatli organ etib belgilanadi.

    O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin uning qoidalari bajarilishi ustidan o'rnatilgan tartibda nazoratni ta'minlaydi.