Unda qayd etilishicha, nogironlarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va boshqa huquq va erkinliklarini taʼminlash, ularga fuqarolik berish, shuningdek, respublikaning xalqaro shartnomalariga muvofiq, nogironlarga boshqa fuqarolar bilan teng imkoniyatlarni taʼminlashda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan meʼyorlari va tamoyillarini qoʻllash Oʻzbekiston davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri hisobladi.
“Oʻzbekistonda 760 mingdan ortiq nogiron yashaydi. Ular ijtimoiy himoya va qoʻllab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy reabilitatsiya tadbirlari bilan qamrab olingan. Oʻtgan yili nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi yangi qonun kuchga kirdi. Oʻzbekiston parlamenti Nogironlar huquqlari toʻgʻrisidagi konvensiyani ham ratifikatsiya qildi. Shuningdek, Oʻzbekiston nogironlarning oʻzini-oʻzi anglash boʻyicha mintaqaviy kengash tuzishni taklif qilmoqda”, - deb yozadi “Sada El Balad” gazetasi.