Oʻzbekistonda ommaviy tadbirlarda oziq-ovqat, buyumlarni tekinga tarqatish taqiqlandi

    Bunga oid “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

    Oʻzbekistondagi ommaviy tadbirlarga fuqarolarni reklama, aksiya va boshqa maqsadlarda oziq-ovqat, buyumlar hamda boshqa mahsulotlar va tovar-moddiy boyliklarni bepul tarqatish yoki haddan tashqari arzonlashtirilgan narxda sotish orqali jalb qilish taqiqlanadi.

    Bunga oid “Ommaviy tadbirlarni oʻtkazishda fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va jamoat tartibini saqlash boʻyicha talablarni kuchaytirish toʻgʻrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

    Milliy gvardiya va Ichki ishlar vazirligi tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda ushbu qaror bilan belgilanayotgan talabga ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati tomonidan soʻzsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytiradi.

    Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻygan ommaviy tadbir tashkilotchilari va ommaviy tadbirni oʻtkazish obyekti maʼmuriyati Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.

    Hukumatning ushbu qarori bilan Ommaviy tadbirlarni oʻtkazish qoidalariga tegishli oʻzgarish va qoʻshimchalar kirtiladi.