Maktabgacha va maktab taʼlim tizimida sogʻlom ovqatlanish taʼminlanadi. Bunda bolalar va yoshlar oʻrtasida semizlik 30 foizga qisqartiriladi.
Har bir insonning oʻz salomatligiga masʼulligini oshirish nazarda tutilyapti.
Preventiv tibbiyotni fundamental rivojlantirish, taʼlim tizimidan boshlab valeologiya asoslarini singdirish ham rejalashtirilgan.
Aholi orasida zararli odatlarga qarshi kurashish, tamaki chekuvchilar ulushini 10 foizga kamaytirish moʻljallanmoqda.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston aholisi orasida xalqaro qabul qilingan standart metodologiya asosida keng koʻlamli tadqiqotlar oʻtkaziladi.