2022-2023 oʻquv yili qabulida test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi tasdiqlandi

    Ta'lim 25 Aprel 2022 7286

    Davlat komissiyasi bayoni bilan 2022/2023-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

    Davlat test markazi axborot xizmatining xabariga koʻra:

    Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:

    • Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.
    • Matematika — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.
    • Oʻzbekiston tarixi — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.

    Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball — 33 ball.

    Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan boʻyicha:

    • 1-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan, maksimal ball — 93 ball.
    • 2-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan, maksimal ball – 63 ball.

    Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball — 156 ball.

    Umumiy holda, 2022/2023 oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.