Davlat test markazi axborot xizmatining xabariga koʻra:

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy boʻlgan 3 ta fan boʻyicha:

  • Ona tili (oʻzbek, rus yoki qoraqalpoq tili) — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.
  • Matematika — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.
  • Oʻzbekiston tarixi — 10 ta savol. Har biri uchun 1,1 balldan, maksimal ball — 11 ball.

Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball — 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan boʻyicha:

  • 1-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 3,1 balldan, maksimal ball — 93 ball.
  • 2-fan — 30 ta savol. Har biri uchun 2,1 balldan, maksimal ball – 63 ball.

Jami toʻplash mumkin boʻlgan ball — 156 ball.

Umumiy holda, 2022/2023 oʻquv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan boʻyicha jami 90 ta test topshirigʻi beriladi. Bunda toʻplash mumkin boʻlgan maksimal ball — 189 ballni tashkil etadi.