Maʼlum qilinishicha, u transport vositasini boshqarish vaqtida xavfsizlik kamarini taqmagan holda harakatlangan. Yoʻl harakati qoidalarini buzgani uchun unga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Xonandaning aytishicha, u biroz asabiy holatda boʻlgani sababli xavfsizlik kamarini taqishni unutib qoʻygan.

“Sherali Joʻrayevning qoʻshigʻini aytib, sudlarga kirib-chiqib yurganimizda ozgina asabiylashib, remen taqish ham esimdan chiqib qolibdi. Oʻzi remen taqmasdan yurmayman, qonunlarni hurmat qilaman. Endi jahl chiqqanda ham remen taqamiz”, — degan Sardor Mamadaliyev.