Pensiya jamgʻarmasining 2020-yilni yanvar–sentyabr oylari boʻyicha daromadlar rejasi 14 727,5 mlrd soʻm boʻlib, ijrosi 15 267,6 mlrd soʻm (shundan, soliqlardan tashqari tushumlar miqdori 135,6 mlrd soʻm)ni tashkil etgan yoki ijro belgilangan parametrga nisbatan 103,7 foiz bajarilgan.

2020-yil 1-oktyabr holatiga koʻra, pensiya va nafaqa oluvchilarning umumiy soni 3 mln 785 ming 520 nafarga yetib (yil boshiga nisbatan 107 779 nafarga koʻpaygan), aholi sonidagi ulushi 11,1 foizni tashkil qilgan (shundan 3 mln 399 ming 928 nafari pensiya va 385 ming 592 nafari nafaqa oluvchilar).

2020-yil yanvar–sentyabr oylarida 239 ming 216 nafar fuqaroga pensiya va nafaqalar tayinlangan (shundan 164,1 ming nafariga yoshga doir pensiya va 9,3 ming nafariga yoshga doir nafaqa tayinlandi).

2020-yil 20-aprel holatiga koʻra, 16 mingdan ortiq fuqaroning pensiya ishlarini tekshirish natijasida aniqlangan 25 mlrd soʻmlik ortiqcha toʻlovlar hisobdan chiqarilgan.

Pasport va ishonchnoma amal qilish muddatlari tugagan 49 mingdan ortiq fuqarodan hamda 64 ming nafardan ortiq nogironligi boʻlgan shaxslardan hujjat talab etilmasdan toʻlovlar 2020-yil 1-sentyabrga qadar uzaytirilgan.