www.1hls.uz platformasida roʻyxatdan oʻtgan 18 yoshdan yuqori boʻlgan yurtdoshlarimiz soni 1 million 200 mingdan oshib ketdi. Aniq raqamlarga tayanadigan boʻlsak, platforma foydalanuvchilari soni 1 million 209 ming 77 nafarni tashkil qilmoqda. Shundan 757 ming 680 nafari erkaklar, 451 397 nafari esa ayollardir.
Eʼtiborlisi, platforma foydalanuvchilariga shu kunga qadar 43 milliard 45 million 953 ming soʻm miqdorida mablagʻlar toʻlab berilgan.
Xoʻsh, nega siz ular safiga qoʻshilmayapsiz? www.1hls.uz platformasida roʻyxatdan oʻting va bir sutka davomida 10 ming qadam va undan koʻproq yurib, qoʻshimcha mablagʻlarni qoʻlga kiriting.