Unda koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sayloviga tayyorgarlik koʻrish va uni yuksak saviyada oʻtkazish boʻyicha aniq choralar belgilanadi.

Mazkur vazifani bajarish muddati etib 2021-yil 1-mart sanasi belgilangan.

Markaziy saylov komissiyasi (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari vazirligi, vazirlik va idoralar mazkur jarayonga masʼul tuzilmalar etib belgilanmoqda.

Chora-tadbirlar dasturi ishlab chiqiladi.

Dasturda:

saylov komissiyalari aʼzolarining saylov qonunchiligi va xalqaro standartlar boʻyicha bilimlarini tizimli asosda shakllantirish;

xalqaro kuzatuvchilar tomonidan berilgan maqbul tavsiyalarni milliy qonunchilik va amaliyotga tatbiq etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;

aholining elektoral madaniyatini yuksaltirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilash nazarda tutiladi.