Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan.

2020-yilda faoliyat yuritgan sanatoriya-kurort muassasalari soni 2016-yilga nisbatan 1,2 baravarga oshgan. 

Yillar kesimida faoliyat yuritgan sanatoriya-kurort muassasalari soni:

2016-yilda – 183 ta;

2017-yilda – 193 ta;

2018-yilda – 211 ta;

2019-yilda – 211 ta;

2020-yilda – 217 ta.