Yig'ilishda “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi faol ishtirok etmoqda. Bu haqida uyushma axborot xizmati xabar berdi.
Tashrif doirasida “O'zto'qimachiliksanoat” uyushmasi raisi birinchi o'rinbosari va “Indorama India Private Limited-Inviya” korxonasi raxbariyati ishtirokida muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar natijasiga ko'ra, spandex mahsulotini uzluksiz ta'minlash va 2025-yilgacha O'zbekistonda spandex ishlab chiqarishni yo'lga qo'yishga kelishib olindi.