Oʻzbekistonda tarjimonlar “Gidlar salohiyatini oshirish” loyihasi asosida maxsus oʻqitiladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Gidlar assotsiatsiyasi Nodavlat notijorat tashkilotlarni qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi va Oliy Majlis huzuridagi boshqa fuqarolik jamoat institutlaridan davlat ijtimoiy buyurtmasini ajratish boʻyicha tanlov yakunlariga koʻra, “Gidlar salohiyatini oshirish” loyihasini amalga oshirishga kirishdi.

    Turizmni rivojlantirish qoʻmitasining xabar berishicha, Assotsiatsiya vakillari “Ustozlar markazi”ni yaratish hamda ziyorat va ekologik turlar uchun foto-videomateriallarni tayyorlash doirasida Navoiy va Buxoro viloyatlarida boʻlishdi.

    Tashrif doirasida ular Mir Said Bahrom va Qosim shayx noyob maqbaralari, shuningdek Raboti Malik karvonsaroyi va Sardoba suv ombori, yetti pir maqbarasi, soʻfi shayx Sayfiddin Boxarziy maqbarasi, Xoʻja Zayniddin kompleksi, Chor-Bakr nekropoli va koʻplab boshqa obidalarni ziyorat qilishdi.

    Yuqorida nomlari keltirilgan obyektlarga tashrif asosida toʻplangan materiallar ziyorat-turlar boʻyicha gid-mutaxassislarning oʻquv dasturiga kiritiladi.