Ushbu tashabbus Germaniyaning "Lernidee Erlebnisreisen" turistik kompaniyasi va "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ  hamkorligida amalga oshirilmoqda.

"Poyezd Olmaota – Toshkent – Qamashi – Kitob – Samarqand – Xiva – Buxoro – Xo’jand – Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanmoqda", deya yozmoqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ.

Ma'lumot uchun: turistik charter poyezdi Yevropa Ittifoqi va boshqa bir necha davlatlar, xususan, Fransiya, Gollandiya, Belgiya, AQSH, Germaniya, Avstriya, Buyuk Britaniya va Kanada davlatlari sayohatchilariga xizmat ko’rsatadi.