Oʻzbekistonda xalqaro onlayn servislardan soliq tushumlari 2,1 baravarga oʻsdi

    Oʻzbekistonda elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 61 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024-yil yanvar sentyabr oylarida 101,9 mlrd soʻm soliq toʻlangan. Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 2,1 barobar koʻp.

    Toʻlangan soliqlarning 99,9 %i elektron xizmatlar koʻrsatuvchi 10 ta xorijiy kompaniya hissasiga toʻgʻri keladi:

    • Meta — 41,1 mlrd soʻm;
    • Google — 26,1 mlrd soʻm;
    • Apple — 22,6 mlrd soʻm;
    • Amazon - 3,7 mlrd soʻm;
    • Vooking.сom - 2,2 mlrd soʻm;
    • Zoom — 1,4 mlrd soʻm;
    • Netflix — 1,3 mlrd soʻm;
    • Acca — 1,2 mlrd soʻm;
    • Yandex Europe — 1,1 mlrd soʻm;
    • Xsolla — 900,3 mln soʻm.

    Elektron xizmatlar koʻrsatuvchi chet el yuridik shaxslari oʻtgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni toʻlaydi.