Oʻzbekistonda Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat festivali davom etmoqda

    Xalqaro festival yurtimizning barcha viloyatlarida oʻziga xos ravishda munosib oʻtkazilmoqda.

    Joriy yilning 17-21-aprel kunlar doirasida boʻlib oʻtayotgan Xalqaro tasviriy va amaliy sanʼat fetivali tadbirlari nafaqat Toshkent shahri balki, Respublikamizning barcha hududlarida jumladan, Samarqand, Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatining bir qator tuman va shaharlarida bayramona tarzda shukuhli daqiqalarni oʻziga qamrab olgan holda uyushqoqolik bilan oʻtkazilmoqda.

    Jarayonda sanʼat maktab-internatlari dizayn boʻlimlari kolleksiyasi namoyishilari, isteʼdodli yosh ijodkorlarning shaxsiy ijod namunalari, mohir rassomlarning mahorat darslari, kulolchilik, rassomchilik koʻrgazmalari boʻlib oʻtmoqda.

    Ayniqsa, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasining haqiqiy aʼzolari Oʻzbekiston xalq rassomlari, professorlar ishtirokida oʻtkazilayotgan davra suhbatlari, ijodiy muloqotlar nafaqat yosh iqtidor egalariga balki,tadbir ishtirokchilari va mehmonlariga ham birday manuzur boʻlmoqda.

    Ertaga, yaʼni festivalning toʻrtinchi kunida ham yanada qiziqarli, badiiy tadbirlar, ijodiy uchrashuvlar va bir qator koʻngilochar dasturlar namoyishi boʻlib oʻtishi koʻzda tutilmoqda.

    Gulichehra DURDIYEVA,

    "Yangi Oʻzbekiston» muxbiri