«Bu insonning faxriy sifatida yoshlar tarbiyasi, ularni vatanga muhabbat va burchga sadoqat ruhida tarbiyalash borasidagi xizmatlari, shuningdek, sanʼatdagi ijodi nafaqat ichki ishlar organlari xodimlari va faxriylari, balki sanʼatsevar xalqimiz tomonidan ham munosib qadrlanib, ularning nomi doimo hurmat-ehtirom bilan tilga olinardi.

Barchamiz sevib tinglaydigan ʻSen bahorni sogʻinmadingmi?ʻ qoʻshigʻi bugun oradan yarim asrdan koʻp vaqt oʻtgan boʻlsa-da, hamon elimizning suyukli qoʻshigʻi sifatida yangrab kelmoqda.

Ustoz sanʼatkor, ichki ishlar organlari faxriysi, isteʼfodagi polkovnik Ikromjon Boʻronovning vafoti munosabati bilan Ichki ishlar vazirligi rahbariyati, Faxriylar kengashi va shaxsiy tarkibi nomidan marhumning oila aʼzolari, qarindoshlari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz», — deyiladi xabarda.