Tadbirda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirining birinchi oʻrinbosari Ilhom Norqulov, Markaziy bank raisi oʻrinbosari Behzod Hamrayev, Moliya vaziri oʻrinbosari Ahadbek Haydarov, Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxoʻjayev ishtirok etmoqda.
— Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan yalpi ichki mahsulot tushunchasini aholi daromadlari bilan chalkashtirmaslik kerak. Hozir Oʻzbekistonda YAIM nominal boʻyicha 1750 dollar atrofida. Oʻrtacha oylik ish haqi esa 2,6 million soʻm, Toshkent shahrida 4,2 million soʻm. Ikkala tushuncha oʻrtasida farq bor, — deydi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori Obid Hakimov. — Aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan YAIMni 1,6 barobarga oshirish boʻyicha imkoniyatlar yetarli, aniq hisob-kitoblar qilingan. Bundan maqsad Oʻzbekistonda kambagʻallikni ikki barobarga qisqartirish.
YAIMni 2800 dollarga, 2030-yilgacha esa 4000 dollarga oshirish natijasida xalqaro standartlarga koʻra, yuqori-oʻrta daromadli mamlakatlar qatoriga kiramiz. Xalqaro standartlarga muvofiq, YAIM 1000 dollargacha — daromadi past, 1000 dan 4000 dollargacha — past-oʻrta, 4000 dan yuqori — yuqori-oʻrta, 10 000 dollardan yuqori — yuqori daromadli mamlakatlar sifatida tasniflanadi, .