Mahalliy aholining katta yordami bilan madaniy va maishiy hayotini o'zida aks ettiruvchi eksponatlar, tuman qurilishi va ravnaqi tarixi yaratilishida hujjatli va moddiy ashyolar yig'ildi hamda eksponatlarning ilmiy tavsiflari tayyorlandi.
“Darhaqiqat, har bir hududning tarixiy muzeyi ajdodlardan meros bo'lgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, ma'naviy-ma'rifiy xazina, desak mubolag'a bo'lmaydi”- deya ta'kidladi Oliy Majlis Senati a'zosi Farmon Toshev.
Muzey shu kuning o'zida birinchi tashrif buyuruvchilarni qabul qildi hamda mehmonlar tuman tarixiga oid eksponatlar bilan tanishishdi.