Hujjat loyihasiga ko'ra, Mudofaa vazirligi “Vatan o'g'loni” tashkilotining ta'sischisi hamda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo'yicha o'rinbosari uning etakchisi hisoblanadi.
Qayd etilishicha, umumta'lim maktablarida 20 kishidan tarkib topgan otryadlar tuziladi. Otryadlar a'zoligiga ixtiyoriy ravishda istak bildirigan 10-11-sinf o'quvchilari bo'lgan yigitlar qabul qilinishi mumkin.
SHuningdek, tashkilotning amaliy faoliyatida vatanparvarlik, ekologik va volontyorlik asosiy yo'nalishlar etib belgilanmoqda.
SHu bilan birga, umumta'lim maktablarini ijobiy baholar bilan tamomlagan va tashkilotning hududiy bo'linmalari rahbarlarining tegishli tavsiyanomalarini olgan faol a'zolar republikaning oliy harbiy ta'lim muassasalariga kirishda test sinovlari natijalari bo'yicha o'zlari to'plagan ballaridan 5 foiz miqdoridagi qo'shimcha ballarni qo'shish ko'rinishdagi imtiyozga ega bo'ladi. Bunda tavsiyanomalar ular berilgan kundan boshlab 3 yil davomida amal qiladi.
Qaror loyihasi bilan tanishish, fikr va mulohazalarni bildirish joriy yilning 7 iyuniga qadar davom etadi.