Muloqot chogʻida aholi soni oʻsib borayotgan Oʻzbekistonda baliqchilik tarmogʻini yanada rivojlantirishda Yaponiya tajribasi va texnologiyasini joriy etish, mutaxassislarni jalb qilish masalalariga toʻxtalib oʻtildi.
Shuningdek, yurtimizda akvakultura sohasini rivojlantirish, sovuq suv baliqlari va ilgʻor texnologiyalar asosida qisqichbaqasimonlarni (krevetka) sanoat miqyosida yetishtirish yoʻlida hamkorlik xususida fikr almashildi. Jumladan, Oʻzbekistonda krevetka yetishtirish uchun mavjud shart-sharoitlar, tabiiy va sunʼiy suv havzalari, suv hajmi va shoʻrlik darajasi kabi zaruriy maʼlumotlar taqdim etildi.
Uchrashuv yakunida yurtimizda Yaponiya tajribasi asosida krevetkani sanoat usulida yetishtirish loyihasini amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishildi.