Oʻzbekistondagi 44 million 800 ming gektar yer maydoni, 8 million 300 mingta bino va inshootning mulk sifatidagi bozor bahosi hisoblanmagani qayd etildi.

Hozirda mavjud bino va inshootlarning shartli kadastr qiymati 70 milliard dollarni tashkil qiladi.

Vaholanki, ularning haqiqiy bozor bahosi bundan kamida 4-5 barobar koʻp.

“Bunga yerning bozor qiymatini ham qoʻshsa, bilasizlarmi aholi va tadbirkorlarda qanchadan-qancha iqtisodiy aktiv boʻladi”, - dedi Prezident.

Buning uchun, eng avvalo, yer hisobini joy-joyiga qoʻyish shart. Lekin ayrim hokimlar va vazirlar buni hisob-kitobini hali oʻylab ham koʻrmagani, oʻziga biror-bir vazifa ham belgilab olmagani qayd etildi.