Uning yozishicha, “Tashabbusli byudjet”ning ikkinchi mavsumida 9201 ta mahalla (jamiga nisbatan 98%) fuqarolaridan 61 mingdan ortiq loyihalar taklif qilingan. Jarayonda 7 milliondan ortiq ovozlar berilgan. Shundan, 4,3 million ovoz toʻplagan 1418 loyiha gʻolib boʻlgan.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, uch mavsum davomida bildirilgan 100 mingdan ortiq takliflar aholining eng dolzarb muammolarini oʻrganishga yordam beradigan “ochiq maʼlumotlar bazasi”ni shakllantirmoqda.