2022—2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturining 94-bandida yonilg'i quyish shoxobchalarida realizatsiya qilingan gaz hajmining aniq hisobini yuritish uchun gaz quyish uskunalariga maxsus dasturlashtirilgan mahsulotni joriy etish va uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilish belgilangan.
Topshiriq ijrosi yuzasidan maxsus axborot tizimi yaratildi hamda uni Iqtisodiyot va moliya vazirligi ma'lumotlar bazasiga integratsiya qilishga qaratilgan ishlar amalga oshirildi.
Axborot tizimining vazifalari quyidagilardan iborat:
-AGQSHlarga kirim qilingan gaz yoqilg'isi miqdorini aniqlash;
-AGQSHlarda elektron hisobvaraq fakturalar va onlayn NKGlarning cheklari orqali sotilgan gaz yoqilg'isi miqdorini aniqlash;
-kirim qilingan va sotilgan gaz yoqilg'isining tafovutini aniqlash orqali AGQSHlar faoliyatini nazorat qilish.
“Kiberxavfsizlik markazi” DUK mutaxassislari tomonidan “Avtomobil`larga metan, propan va benzin quyish shoxobchalari faoliyatini nazorat qilish” tizimini ishlab chiqish bo'yicha texnik topshiriq loyihasi ekspertizadan o'tkazildi. Natijalarga ko'ra, ushbu texnik topshiriq loyihasi zarur axborot va Kiberxavfsizlik talablariga muvofiqligi aniqlandi.