Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2021-yiln 1-yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tashkil etildi.
Davlat rahbarining tegishli farmoyishiga koʻra:
Oʻtkirjon Jumayev - besh yil muddatga Jizzax viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Oʻ. Jumayev 1975-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyati sudi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Luqmon Qodirov - besh yil muddatga Buxoro viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
L. Qodirov 1966-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Shuhrat Kamolov - besh yil muddatga Fargʻona viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
Sh. Kamolov 1977-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati sudi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.
Hamidulla Qudratov – sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga va shuning besh yil muddatga Navoiy viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
H. Qudratov 1959-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Abduqayum Mahkamov – besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A. Mahkamov 1957-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Talʼatjon Meliboyev – besh yil muddatga Andijon viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
T. Meliboyev 1975-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Bahodir Polvanov – besh yil muddatga Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
B. Polvanov 1979-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi sudyasi lavozimida ishlagan
Abdulqosim Roʻziqulov – besh yil muddatga Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A. Roʻziqulov 1965-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Dilshod Tojiboyev – besh yil muddatga Toshkent viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
D. Tojiboyev 1972-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Olim Hayitov – besh yil muddatga Samarqand viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
O.Xayitov 1969-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.
Aʼzamjon Xudoyberdiyev – besh yil muddatga Sirdaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A. Xudoyberdiyev 1977-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan.
Abdurasul Eranov – besh yil muddatga Namangan viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.
A.Eranov 1961-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.
Eslatib oʻtamiz: Qonunga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Oʻzbekistondagi barcha viloyatlar sudlariga raislar tayinlandi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoyishi bilan barcha viloyatlarga yangi sud raislari tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati maʼlum qilmoqda.
Fransiya Ichki ishlar vazirligining Oʻzbekistondagi vakili Toshkentda faoliyatini boshladi
- Jizzax va Sirdaryoda chiqindidan elektr energiyasi ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyiladi
- Benzin, elektr yoki gibrid: O‘zbekistonga qaysi turdagi avtomobillar ko‘proq import qilinmoqda?
- O‘zbekiston mudofaa sanoati korxonalari Janubiy Afrikadagi xalqaro ko‘rgazmada ishtirok etmoqda
- Oʻzbekiston va JICA 2030-yilgacha boʻlgan hamkorlik dasturi doirasidagi loyihalarni jadallashtiradi
- Oʻzbekiston va Ozarbayjon energetika sohasida hamkorlikni kengaytirish boʻyicha yoʻl xaritasini imzoladi
Oqqo‘rg‘on dalalarida yangi usul — yuqori hosil samarasi
- Pedagoglar malaka toifasini olish uchun necha ball toʻplashi kerak?
- Kambag‘allikni qisqartirish va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar yangicha tashkil etiladi
- “Chorvoq”da cho‘kib ketgan ota va ikki o‘g‘il hodisasi tafsilotlari ma’lum qilindi
- Bakalavriatni imtiyozli diplom bilan bitirganlarga malaka toifasi beriladi
- Hindiston Bosh vaziri davlat tashrifi bilan O‘zbekistonga keldi