Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, 2021-yiln 1-yanvardan viloyat va unga tenglashtirilgan jinoyat, fuqarolik va iqtisodiy sudlari negizida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari tashkil etildi.

Davlat rahbarining tegishli farmoyishiga koʻra:

Oʻtkirjon Jumayev - besh yil muddatga Jizzax viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Oʻ. Jumayev 1975-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Jizzax viloyati sudi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Luqmon Qodirov - besh yil muddatga Buxoro viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

L. Qodirov 1966-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Shuhrat Kamolov - besh yil muddatga Fargʻona viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

Sh. Kamolov 1977-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati sudi raisining oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Hamidulla Qudratov – sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga va shuning besh yil muddatga Navoiy viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

H. Qudratov 1959-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Abduqayum Mahkamov – besh yil muddatga Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A. Mahkamov 1957-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Qashqadaryo viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Talʼatjon Meliboyev – besh yil muddatga Andijon viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

T. Meliboyev 1975-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Bahodir Polvanov – besh yil muddatga Xorazm viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

B. Polvanov 1979-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining Sudyalar daxlsizligini taʼminlash va korrupsiyaning oldini olish boʻyicha sud inspeksiyasi sudyasi lavozimida ishlagan

Abdulqosim Roʻziqulov – besh yil muddatga Surxondaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A. Roʻziqulov 1965-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Navoiy viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Dilshod Tojiboyev – besh yil muddatga Toshkent viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

D. Tojiboyev 1972-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Olim Hayitov – besh yil muddatga Samarqand viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

O.Xayitov 1969-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar jinoyat ishlari boʻyicha Samarqand viloyati sudining raisi lavozimida ishlagan.

Aʼzamjon Xudoyberdiyev – besh yil muddatga Sirdaryo viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A. Xudoyberdiyev 1977-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Sirdaryo viloyati iqtisodiy sudining raisi lavozimida ishlagan.

Abdurasul Eranov – besh yil muddatga Namangan viloyati sudining raisi lavozimiga tayinlandi.

A.Eranov 1961-yilda tugʻilgan. Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz: Qonunga muvofiq, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.