Unga koʻra, 2020-yilning yanvar—iyun oylarida mamlakatda jami 18 ta maxsus iqtisodiy zona (MIZ), 71 ta kichik sanoat zona direksiyasi (KSZ), 3 ta texnopark hamda 259 ta klaster mavjud boʻlib, ularning tarkibidagi korxonalar soni MIZda 462 tani, KSZda 1473 tani, texnoparklarda 48 tani va klasterlarda 259 tani tashkil etdi.

Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi jami 10,8 trillion soʻmni tashkil qildi. Shundan MIZda 4,9 trillion soʻmni, KSZda 1 trillion soʻmni, texnoparklarda 69,4 milliad soʻmni va klasterlarda 4,7 trillion soʻmni tashkil qildi. Eng yuqori koʻrsatkich MIZlar tarkibidagi korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlib, 4,9 trillion soʻmni tashkil etgan.

2020-yilning yanvar—iyunida zonalar boʻyicha sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi:

  • MIZlarda 4,9 trillion soʻmni;
  • klasterlarda 4,7 trillion soʻmni;
  • KSZlarida 1 trillion soʻmni;
  • texnoparklarda 69,4 milliard soʻmni tashkil etdi.

2020-yilning yanvar—iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan oʻz kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari hajmi jami 20,7 milliard soʻmni tashkil qildi, shundan: MIZda 10,5 milliard soʻmni va KSZda 10,2 milliard soʻmni tashkil qildi. Eng yuqori koʻrsatkich MIZ tarkibidagi korxonalar hissasiga toʻgʻri kelgan boʻlib, 10,5 milliard soʻmni tashkil etgan.

2020-yilning yanvar—iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark va klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan moliyalashtirishning barcha manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi jami 1,2 trillion soʻmni tashkil qildi. Shundan

  • MIZda – 956,0 milliard soʻmni;
  • KSZda – 87,3 milliard soʻmni;
  • texnopark 0,4 milliard soʻmni;
  • klasterlarda 236,7 milliard soʻmni tashkil etdi.

2020-yilning yanvar—iyun oylarida MIZ, KSZ, texnopark, klasterlar tarkibiga kiruvchi korxonalar tomonidan foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda (zarar) (-) miqdori jami 1,8 trillion soʻmni tashkil qildi. Shundan

  • MIZda 500,8 milliard soʻmni;
  • KSZda 1,3 trillion soʻmni;
  • texnoparkdlarda 7,4 milliard soʻmni;
  • klasterlarda 35,6 milliard soʻmni tashkil etdi.