Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil 1-aprel holatiga mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni 26 million 953,5 mingtani tashkil etib, 2020-yilning mos davriga nisbatan 10,8 foizga yoki 2 million 636,8 mingtaga oshgan.

Shu jumladan, aholida 24 million 795,4 mingta abonentni tashkil etgan. 2020-yilning mos davriga nisbatan 6,1 foizga yoki 1 million 424,1 mingtaga oshgan.

Mamlakat aholisining mobil aloqa bilan taʼminlanganligi har 100 kishi hisobiga 72 birlikni tashkil etmoqda.

Yillar kesimida mobil aloqa tizimiga ulangan abonentlar soni:

2019-yil 1-aprel

jami: 21 960,2 ming;

aholida: 21 331,2 ming;

2020-yil 1-aprel

jami: 24 316,7 ming;

aholida: 23 371,3 ming;

2021-yil 1-aprel

jami: 26 953,5 ming;

aholida: 24 795,4 ming.